Para triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida 4 ta medal qo‘lga kiritildi
6-sentyabr kuni Filippinning Luson orolidagi Subik ko‘rfazida para triatlon bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: paralympic
Para triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida 4 ta medal qo‘lga kiritildi
6-sentyabr kuni Filippinning Luson orolidagi Subik ko‘rfazida para triatlon bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazildi. 6 ta mamlakatdan 40 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Rustamjon Sotvoldiyev (PTS2 klassida)
Shohsanam Sobirjonova (PTS5 klassida).
Kumush:
Kamola Axmatxonova (PTS5 klassida).
Bronza:
Baxtiyor Murtazoyev (PTS 5 klassida).
Eslatib o‘tish joiz, vakillarimiz o‘tgan yilgi Osiyo chempionatini 2 ta bronza medali bilan yakunlagan edi.