Para tog‘ chang‘isi: Terma jamoamiz Osiyo kubogida qatnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Yaponiyaning Nodzavaonsen shahrida tashkil etiladigan Osiyo kubogi oldidan ushbu shaharda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Qit’a birinchiligida Firdavs Xudoyatov, Asel Turdimarutova hamda Yulduz Mahmudovalar yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kun chiqar mamlakatda o'tkaziladigan bo'lajak musobaqada para tog' chang'isi sportchilarimizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor