Para taekvondochilarimiz Turkish Open xalqaro turnirida qatnashishadi
Unda 27 ta mamlakatning 180 nafar para taekvondochilari o‘zaro bahs olib borishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Ertaga, 25-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida para taekvondo bo‘yicha "Turkish Open" — Turkiya ochiq chempionati xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi.
Unda 27 ta mamlakatning 180 nafar para taekvondochilari o‘zaro bahs olib borishadi. Mazkur musobaqada milliy terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
Muhammadsodiq Usmonov (58 kg)
Fayoz Valijonov (58 kg)
Zuxriddin Toxirov (63 kg)
Qudrat Xaydarov (63 kg)
Javohir Aliqulov (70 kg)
Qudratillo Sunnatov (70 kg)
Qudrat Muhammadiyev (80 kg)
Otabek Amatov (80 kg)
Asad Toshtemirov (+80 kg).
Ayollar:
Qizlarxon Isomiddinova (47 kg)
Karomat Rustamova (52 kg)
Kamola Rasulova (57 kg)
Roziya Ergasheva (65 kg)
Guljanoy Naimova (+65 kg).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist