locale OZ

Para taekvondochilarimiz \"Prezident kubogi\"da tengsiz bo‘lishdi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para taekvondochilarimiz "Prezident kubogi"da tengsiz bo‘lishdi!
Photo: Gettyimages

Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo bo‘yicha "Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 nafardan ortiq para taekvondochi qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar
Asadbek Toshtemirov (+80 kg) - oltin
Qudrat Muhammadiyev (-80 kg) - oltin
Zuxriddin Toxirov (-63 kg) - kumush
Qudratjon Xaydarov (-63 kg) - bronza
Qudratullo Sunnatov (-70 kg) - bronza

Ayollar
Karomat Rustamova (-52 kg) - oltin
Qizlarxon Isomiddinova (-47 kg) - kumush
Karomat Qosimova (+65 kg) - bronza

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting