locale OZ

Para suzuvchilarimizning Jahon chempionatida bugungi chiqishlari yakunlandi

Sportchilarimizning musobaqadagi ishtiroki ertaga davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para suzuvchilarimizning Jahon chempionatida bugungi chiqishlari yakunlandi
photo: Para olimpiya

Singapurda davom etayotgan para suzish bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari nihoyasiga yetdi.

Ma’lum qilganimizdek, kechgi dasturda terma jamoamizning ikki a’zosi — Azizbek Boynazarov (S8) va Mubinabonu Xalilova (S13) final bosqichida startga chiqdi. Boynazarov 100 m masofaga chalqancha suzish dasturi finalida 1:11.15 soniyada marraga yetib kelgan bo‘lsa, Xalilovaning 100 m masofaga brass usulida suzish bellashuvlaridagi yakuniy natijasi 1:23.56 soniya bo‘ldi. Shunday qilib, bugun chiqish qilgan Azizbek Boynazarov va Mubinabonu Xalilova o‘z dasturlarida yettinchi natijani qayd etishdi.

Sportchilarimizning musobaqadagi ishtiroki ertaga davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting