Para suzish: ilk kunda 6 ta medal qo’lga kiritildi
Ayni damda ikkinchi kungi bellashuvlar o'tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Kecha BAAning Dubay shahrida V yoshlar para Osiyo o’yinlari doirasida para suzish bo’yicha bellashuvlarga ham start berildi.
Musobaqaning ilk kunida O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medalni qo’lga kiritishdi:
Oltin:
50 m batterflyay: Lolaxon Kadirova
50 m chalqancha: Lolaxon Kadirova
50 m batterflyay: Sardor Baxtiyorov.
Kumush:
50 m batterflyay: Alijon Nekov
50 m batterflyay: Aziza Karimova.
Bronza:
50 m batterflyay: Muhammadfozil Rasulov.
Ayni damda ikkinchi kungi bellashuvlar o'tkazilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist