Para stol tennisi: Sunnatillo Murodullayev «World Para Future Aktobe» turnirida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Para stol tennisi: Sunnatillo Murodullayev "World Para Future Aktobe" turnirida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
25-27-iyul kunlari Qozog‘istonning Aktobe shahrida para stol tennisi bo‘yicha “ITTF World Para Future Aktobe 2026” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 165 nafar sportchilar bahs olib borgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Sunnatillo Murodullayev himoya qildi. 8-klass dasturidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Sunnatillo musobaqa yarim finaliga qadar yetib borib, yakunda bronza medaliga ega chiqdi.
1-o'rin. Borna Zoxil (Xorvatiya)
2-o'rin. Mateush Glovshik (Polsha)
3-o'rin. Sunnatillo Murodullayev (O‘zbekiston)
3-o'rin. Ali Makxulbekov (Qozog‘iston).
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.