Para qilichbozlik. Andijon viloyati sportchilari aravachada qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston chempionatida tengsiz deb topildi
Respublikamizning turli hududlaridan jami 180 nafarga yaqin sportchilar shpaga, sablya va rapirada bahslashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
14-18-noyabr kunlari Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida aravachada qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan jami 180 nafarga yaqin sportchilar shpaga, sablya va rapira yo‘nalishlarida bahs olib borishdi.
O‘zbekiston chempionatining yakuniy medallar jamg‘arish reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Andijon viloyati - 6 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza
3. Namangan viloyati - 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.
Ibrohim Jalolov
Redaktor