locale OZ

Para powerlifting: Jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladik

Dunyoning 27 mamlakatidan 120 nafar atletlar bahs olib borishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para powerlifting: Jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladik
Фото: ParalympicUz

Qohira shahrida (Misr) para powerlifting bo‘yicha U-18 o‘smirlar hamda U-21 toifasidagi yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 27 mamlakatidan 120 nafar atletlar bahs olib borgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda ikkala yosh toifasidagi bellashuvlarda 27 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, jami 47 ta medal qo‘lga kiritildi. Ahamiyatlisi, mazkur natija orqali jamoamiz musobaqada medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi bo‘ldi.

Musobaqaning ikkinchi kunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:

O‘smirlar:

73 kg: Feruzaxon Orifjonova (2 ta oltin)
80 kg: Elbek Farhodov (2 ta oltin)
88 kg: Azizbek Perdebaev (2 ta oltin)
107 kg: Xojiakbar O‘roqov (2 ta oltin)
72 kg: Ilhomjon Xolmatjonov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
97 kg: Azizbek Yahyoev (1 ta kumush va 1 ta bronza)
61 kg: E’zоza Abdujabborova (1 ta bronza).

Yoshlar:

67 kg: Ruxshona O‘ktamova (2 ta oltin)
73 kg: Gulyuz Ne’matullaeva (2 ta oltin)
79 kg: Tursinoy Tursunboeva (2 ta oltin)
107 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev (2 ta oltin)
80 kg: Muhammadaziz Abdurashidov (1 ta oltin va 1 ta bronza)
88 kg: Xusniddin Usmonjonov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
97 kg: Muhammad Ahmedov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
72 kg: Og‘abek Asadullaev (1 ta kumush)
80 kg: Umidjon Arzimatov (1 ta kumush)
73 kg: Ozoda Boltaboeva (1 ta bronza).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting