Para pauerlifting. O'zbekiston jamoasi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokini boshlaydi
Dunyoning 27 ta davlatidan jami 120 nafar atletlar bahs olib boradigan turnirda vakillarimiz medallar uchun kurashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Bugundan Misrning Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi boshlanadi.
Dunyoning 27 ta davlatidan jami 120 nafar atletlar bahs olib boradigan mazkur musobaqada vakillarimiz ham medallar uchun kurashadi. Musobaqaning ilk kunida quyidagi sportchilarimiz supachaga ko'tariladi:
Abdulloh Abdulazizov (49 kg)
Suxrob Farxodov (59 kg)
Akbarali Rahmonov (65 kg)
Xojiakbar Hamidov (65 kg)
Sultonposhsha Berdiyeva (41 kg)
Gulsanam Sobirova (45 kg)
Ziyoda Boqijonova (50 kg)
Zuhra Yo‘ldosheva (55 kg)
Oyshajon Karimberdiyeva (55 kg).
Ibrohim Jalolov
Redaktor