locale OZ

Para pauerlifting. Nasiba Toshpo'latova — Jahon chempionati sovrindori

O'zbek sportchisi kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi medallariga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para pauerlifting. Nasiba Toshpo'latova — Jahon chempionati sovrindori
Photo: Para Olimpiyada

O'zbekiston terma jamoasi para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi medallariga ega chiqdi.

Misrning Qohira shahri mezblonligidagi musobaqada ayollar o‘rtasida 45 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nasiba Toshpo'latova A finalida muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Jahon chempionati
Ayollar, 45 kg:
Oltin Guo Lingling (Xitoy) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 125 kg; umumiy: 368 kg)
Kumush Tululup Ogundoli (Nigeriya) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 112 kg; umumiy: 330 kg)
bronza Nasiba Toshpo'latova (O'zbekiston) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 111 kg; umumiy: 325 kg).

Ayni damda terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 4 tani tashkil etmoqda: 2 ta kumush va 2 ta bronza. Musobaqa davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting