Para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi
Toshkent viloyati sportchilari birinchi o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U-18 yosh toifasi hamda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi tashkil etildi.
Unda turli hududlardan jami 100 ga yaqin atletlar ishtirok etib, yakunda Toshkent viloyati vakillari medallar jamg‘arish reytingida peshqadam bo‘lishdi.
Toshkent shahridan kelgan sportchilar ikkinchi natijani qayd etishgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasiga tegishli bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist