Para dzyudochilarimiz Ostonadagi jahon chempionatidan tarixiy natijalar bilan qaytishmoqda!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Ostona shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Qozog‘iston poytaxtidagi musobaqa yana bir muhim natija bilan tarixda qoladigan bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida J1 klassida bahs olib borgan Uljon Amriyeva oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan tarixdagi birinchi o‘zbekistonlik ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor