Para dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 ta medal qo‘lga kiritildi
Musobaqani umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Kecha Qozog‘istonning Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha uch kun davom etgan Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning yakuniy kunida jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Unda bahs olib borgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘z dasturlarida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
Shu tarzda para dzyudochilarimiz Ostona-2025 Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishib, musobaqani umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist