locale OZ

O‘zDJTSU o'qituvchisi xalqaro seminarda ishtirok etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zDJTSU o'qituvchisi xalqaro seminarda ishtirok etdi
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 6-8 iyun kunlari O'zbekiston hamda Xalqaro tennis federatsiyalari tomonidan tennis yo‘nalishi murabbiylari, hakamlar va sportchilar uchun hakamlik mahoratini oshirish, musobaqa jarayonlarini boshqarish va tashkil etishda yangi usullarni o'rganish, tajriba almashish hamda bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro o'quv-seminari tashkil etildi.

Nazariy va amaliy qismlardan iborat bo'lgan mazkur seminar xalqaro toifadagi professional hakamlar tomonidan olib borildi.

Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Feruza Umaraliyeva ham faol ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting