locale OZ

O‘zbekistonlik suzuvchilar va Vyacheslav Kachanov yozgi Universiadada ishtirok etadi

Germaniyadagi nufuzli musobaqada suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoa a’zolari yurtimiz sha’nini himoya qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik suzuvchilar va Vyacheslav Kachanov yozgi Universiadada ishtirok etadi
Rasm: Gazeta.uz

17–23 iyul kunlari Germaniya mezbonlik qiladigan Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekistonning suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Suvga sakrash:
• Vyacheslav Kachanov – 3 metrlik tramplinda bahs olib boradi.

Suzish:
• Abdulaziz Abdulmajidov
– 100 m batterfley
– 100 m erkin usul
– 200 m erkin usul
– Estafeta 4×100 m erkin usul
– Estafeta 4×100 m kompleks
• Roman Berkovich
– 50 m brass
– 100 m brass
– 200 m brass
– Estafeta 4×100 m erkin usul
• Mixail Kleshko
– 50 m erkin usul
– 50 m batterfley
– Estafeta 4×100 m erkin usul
– Estafeta 4×100 m kompleks
• Iskandar Sadullaev
– 50 m brass
– 100 m brass
– Estafeta 4×100 m kompleks
• Eldorbek Usmonov
– 50 m erkin usul
– 50 m batterfley
– 100 m batterfley
– Estafeta 4×100 m erkin usul
– Estafeta 4×100 m kompleks
• Anastasiya Zelinskaya
– 200 m erkin usul
– 400 m erkin usul
– 800 m erkin usul
– 1500 m erkin usul

Mazkur musobaqada yosh sportchilarimiz nafaqat yurtimiz sha’nini himoya qiladi, balki kelgusidagi xalqaro musobaqalar uchun tajriba orttiradi. Ularga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting