locale OZ

O‘zbekistonlik suzuvchilar va Kachanov yozgi Universiadada ishtirok etadi

Myunkhendagi nufuzli musobaqada yurtimiz suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoalari qatnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

17–23 iyul kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoalari ham qatnashadi. Suvga sakrash yo‘nalishida mamlakatimiz sharafini Vyacheslav Kachanov 3 metrlik trampilinda himoya qiladi.

Musobaqa dunyo yosh sportchilari uchun muhim sinovlardan biri sanaladi va undagi ishtirok sportchilarimizning tajriba hamda mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.

Suzish:
Abdulaziz Abdulmajidov
— 100 m. batterflyay
— 100 m. erkin usulda
— 200 m. erkin usulda
— Estafeta 4×100 m. erkin usulda
— Estafeta 4×100 m. kompleks.
Roman Berkovich
— 50 m. brass
— 100 m. brass
— 200 m. brass
— Estafeta 4×100 m. erkin usulda.
Mihail Kleshko
— 50 m. erkin usulda
— 50 m. batterflyay
— Estafeta 4×100 m. erkin usulda
— Estafeta 4×100 m. kompleks.
Iskandar Sadullaev
— 50 m. brass
— 100 m. brass
— Estafeta 4×100 m. kompleks.
Eldorbek Usmonov
— 50 m. erkin usulda
— 50 m. batterflyay
— 100 m. batterflyay
— Estafeta 4×100 m. kompleks
— Estafeta 4×100 m. erkin usulda.
Anastasiya Zelinskaya
— 200 m. erkin usulda
— 400 m. erkin usulda
— 800 m. erkin usulda
— 1500 m. erkin usulda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting