O’zbekistonlik sport gimnastikachilari Osiyo chempionatida oltin va bronza medallariga ega chiqishdi
Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Фото: Olympic.uz
Xitoyning Zunyi shahrida sport gimnastikasi boʻyicha erkaklar oʻrtasida yoshlar va kattalar toifalaridagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqaning bugungi kunida hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Har ikki medal sport otidagi mashq dasturida qoʻlga kiritildi. Kattalar oʻrtasidagi bellashuvlarda Oʻtkirbek Joʻrayev eng yuqori ballni jamgʻargan boʻlsa, yoshlar toifasida Timur Kamayev shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.