O'zbekistonlik poygachilar Qozog'iston drift chempionatida sovrindor bo'lishdi
2025-yil 24–25-may kunlari Bishkekda Markaziy Osiyo davlatlaridan eng yaxshi haydovchilar ishtirokidagi Qirg‘iziston Respublikasi ochiq drift chempionati oʻtkazildi. Musobaqada jami 31 haydovchi va 9 jamoa qatnashdi. Ishtirokchilar orasida Oʻzbekiston jamoasi — NAFKU RACING TEAM alohida ajralib chiqdi, yuqori tayyorgarlik darajasini va a’lo jamoaviy ishni namoyish etdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra, NAFKU RACING TEAM jamoaviy hisobda 2-o‘rinni egalladi va faqatgina mezbonlarga imkon berdi. Jamoa tarkibiga quyidagi haydovchilar kirdi: NAFKU O'zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi Drift boʻyicha raisi Dilshod Yusupov, Asadbay Nazarov, Li Sen Man va Diyor Shodiev. Har biri umumiy natijaga oʻz hissasini qo‘shib, butun bosqich davomida barqaror ishtirok etdi.

Maxsus e’tibor 15 yoshli Li Sen Manga qaratiladi. Yosh boʻlishiga qaramay, u avtosportda yangi yuz emas — bolaligidan karting bilan shug‘ullanadi va milliy hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan, jumladan FIA Motorsport Games avtosport olimpiadasi, Osiyo chempionati (Asia Pacific Motorsport Championship) va boshqa koʻplab musobaqalarda qatnashgan. Li Sen Man milliy poyga litsenziyasiga ega va ilgari xalqaro poyga litsenziyasini ham olgan. U va Dilshod Yusupov O‘zbekiston Milliy Avtosport Terma Jamoasi a’zolaridir.

Li Sen Man drift boʻyicha oʻzining ilk chempionatida ajoyib shaxsiy mahoratini koʻrsatib, shaxsiy hisobda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uning ishonchli haydashlari, yo‘lni mukammal bosib oʻtishi va ta’sirli juftlik poygalari hakamlar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.

Bishkekdagi chempionat turli mamlakatlardan haydovchilar oʻrtasida tajriba almashish uchun ajoyib maydon boʻldi va Markaziy Osiyoda drift madaniyatining ortib borayotgan darajasini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki nafaqat sharafli sovrinlar olib keldi, balki uning mintaqaviy drift sahnasidagi mavqeini mustahkamladi.