locale OZ

O'zbekistonlik para taekvondochilar Osiyoda tengsiz

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekistonlik para taekvondochilar Osiyoda tengsiz
Photo: OlympicUz

Malayziyaning Kuching shahrida para taekvondo bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda qit'amizning 22 ta davlatidan jami 180 ga yaqin para taekvondochi ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 nafar vakili ham medallar uchun kurash olib bordi.

Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi va yana bir bor qit'amizning eng kuchli jamoalaridan ekanini isbotladi.

Osiyo chempionati oltin medali Zuhroddin To‘hirov (63 kg), Umida Mamarajabova (52 kg) va Roziya Ergashovaga (65 kg) nasib etgan bo‘lsa, MuhammadSodiq Usmonov (58 kg), Asadbek Toshtemirov (+80 kg), Qizlarkhon Isomidinova (47 kg) hamda Karomat Rustamova (52 kg) kumush medalga ega chiqdi.

Shuningdek, Qudrat Haydarov (63 kg), Qudratillo Sunnatov (70 kg) va Sog‘diyona Normuminova (+65 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting