O‘zbekistonlik merganlar Osiyo chempionatini kumush medal bilan boshlashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: OlympicUz
Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish sporti turlari bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
29 mamlakatdan 756 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning bugungi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasida kechgan 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida hamyurtimiz Ilhomjon Obidjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Merganimiz faqatgina hal qiluvchi palla Hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist