locale OZ

O‘zbekistonlik jangchilar Moskvadagi MMA Series 90 turnirida ishtirok etadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik jangchilar Moskvadagi MMA Series 90 turnirida ishtirok etadi
O‘zbekistonlik jangchilar Moskvadagi MMA Series 90 turnirida ishtirok etadi

24 may kuni Moskva shahrida MMA Series 90 aralash jang san’ati turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy bahsida yarim engil vazn toifasida rossiyalik Nikita Barkhatov va braziliyalik Isreal Figueira chempionlik uchun jang qiladi. Turnirda o‘zbekistonlik ikki sportchining ishtiroki alohida qiziqish uyg‘otmoqda — Asliddin Eshonqulov (5-0-0) va Islom Kamoldinov (9-11-0).

27 yoshli Eshonqulov asosiy kard doirasida engil vaznda rossiyalik Dmitriy Mikhaylidiga (10-6-0) qarshi to‘qnashadi. Islom Kamoldinov esa Igor Konstantinovga (4-7-0) qarshi oktagonga chiqadi.

MMA Series 90’ning asosiy janglari:
— Yarim engil vazn: Nikita Barkhatov (Rossiya) vs. Isreal Figueira (Braziliya)
— Yarim o‘rta vazn: Tarasov (Rossiya) vs. Bobryshev (Rossiya)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting