locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar 2027 yilgi Osiyo kubogida ishlaydi

Musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik hakamlar 2027 yilgi Osiyo kubogida ishlaydi
ФОТО: Getty images

2027 yilgi Osiyo kubogida o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.

Musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Turnir uchrashuvlarida O‘zbekistondan Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida ishlaydi. Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov esa yordamchi hakamlar qatoriga kiritilgan.

Firdavs Norsafarov Osiyo kubogi bahslarida VAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko musobaqada hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.

O‘zbekiston vakillari:

Bosh hakamlar: Ilgiz Tantashev, Asker Najafaliyev.

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Sapenko, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov.

VAR hakami: Firdavs Norsafarov.

Hakamlar nazoratchisi: Valentin Kovalenko.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting