locale OZ

O‘zbekistonlik hakam qishki Olimpiya o‘yinlarida ishlaydi

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik hakam qishki Olimpiya o‘yinlarida ishlaydi
Фото: Olympic.uz

Xalqaro konkichilar ittifoqi figurali uchish bo‘yicha Milan-Cortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

MOQ bergan xabarga ko‘ra, hakamlar ro‘yxatida hamyurtimiz ham bor.

Bo‘layotgan Olimpiadada o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova sportchilarning chiqishini baholab boradi. Mutaxassis individual (juftlik) va jamoaviy (ayollar va juftlik) dasturlarda ishlaydi.

Qayd etish joiz, S.Numanova Pxenchxan-2018 qishki Olimpiya o‘yinlarida ham faoliyat olib borgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting