O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida yana medallar qo‘lga kiritishdi
Pattayadagi sohiliy sprint musobaqasida yoshlar oltin, kattalar esa bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tgan sohiliy sprint bo‘yicha akademik eshkak eshish Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yana medallarni qo‘lga kiritishdi.
U19 CM2x yo‘nalishida juftlik parli qayiqda Odiljon Baxodirov va Quvonchbek Xotamov oltin medal sohibi bo‘lishdi. Kattalar o‘rtasidagi CM2x bahslarida esa Shahboz Xolmurzayev va Sobir Safaroliyev bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Bakradze Iman
Redaktor