O‘zbekistonlik erkin kurashchi Sherzod Poyonov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun o‘tkazilgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu medalni erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov keltirdi. -92 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz saralashda Gretsiya, Yaponiya, Kanada va neytral maqomda kurashgan rossiyalik sportchilarni mag‘lub etishga erishgan edi. Hal qiluvchi bellashuvda esa qozoqistonlik Kamil Kuruglievni dog‘da qoldirib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor