O‘zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga 9-turning 4-kungi uchrashuvlari
Jizzax shahridagi futbol akademiyasi sport zalida davom etayotgan futzal bo'yicha O‘zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga 9-tur bahslari bugun poyoniga yetadi. So'nggi — to'rtinchi kungi bahslarda muxlislar uchta qiziqarli uchrashuvning shohidi bo'lishadi.
Soat 15:00 da Buxoroning "Oil Star" jamoasi Toshkent viloyatining "Maksam-Chirchiq" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Soat 17:00 da Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Jizzaxning "BMB PFC" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Soat 19:00 da esa to'rtinchi kun dasturini Samarqandning "Dinamo" hamda poytaxtning SQB jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlab beradi.
Barcha uchrashuvlarni “Futbol-TV” telekanali orqali hamda O‘FFning rasmiy You Tube kanali orqali jonli tarzda, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.