locale OZ

O‘zbekiston vice-chempioni va Kubok finalchisi bosh murabbiy bilan xayrlashdi

Klub o‘rtasida tuzilgan ikki yillik shartnoma muddati yakunlangan.
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
O‘zbekiston vice-chempioni va Kubok finalchisi bosh murabbiy bilan xayrlashdi
Фото: Ўзбекистон футзали

2025/2026-yilgi futzal mavsumining eng katta kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Toshkentning SQB jamoasi bosh murabbiy Konstantin Sviridov bilan hamkorlikni yakunladi.

Jamoa mamlakat chempionatidagi debyut mavsumidayoq kumush medallarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston vice-chempioniga aylandi. Shuningdek, SQB O‘zbekiston kubogi musobaqasida finalga qadar yetib borib, mavsumning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Klubning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilinishicha, mutaxassis va klub o‘rtasida tuzilgan ikki yillik shartnoma muddati yakunlangan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting