locale OZ

O‘zbekiston vakillari FIDEda muhim lavozimlarga saylandi

2004-yil FIDE jahon chempioni, grossmeyster va taniqli murabbiy Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston vakillari FIDEda muhim lavozimlarga saylandi
photo: Chess Uzbekistan

O‘zbekiston vakillari FIDEda muhim lavozimlarga saylandi.

2004-yil FIDE jahon chempioni, grossmeyster va taniqli murabbiy Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti bo‘ldi. Faxriy vitse-prezident lavozimi FIDE tizimiga yangi kiritilgan bo‘lib, Qosimjonov ushbu maqomga ega bo‘lgan to‘rt mutaxassis qatoridan joy oldi.

Hulkar Tohirjonova esa FIDEning Markaziy Osiyoni qamrab oluvchi 3.4-zonasi prezidenti etib saylandi. Ushbu zonaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston kiradi. Tohirjonova, shuningdek, FIDE arbitri va WFM unvoniga ega.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting