O‘zbekiston va Qirg‘iz o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport sohasiga mas’ul vazirlarning 9-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy madaniyat va sport agentligi direktori Kaziybek Moldajiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar va sport tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, TDTga a’zo mamlakatlar sport va yoshlar vazirlarining 9-yig‘ilishi doirasida sport sohasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Kaziybek Moldajiyev yig‘ilish va uning doirasida o‘tkazilgan tadbirlardagi yuqori tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi.
Yig‘ilishda o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.