locale OZ

O‘zbekiston va Bahrayn Paralimpiya qo‘mitalari hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytiradi

Ostonadagi uchrashuvda Paralimpiya sporti rivoji va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: paralympic.uz

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Farrux Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib turibdi. 13 avgust kuni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) bosh assambleyasi doirasida delegatsiya Bahrayn Paralimpiya qo‘mitasi vakillari bilan uchrashdi. Suhbatda hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Bahrayn Milliy Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Muhammad bin Duaij Al Halifa so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Paralimpiya sportini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilda Bahrayn para badminton va para pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionatlariga mezbonlik qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting