O‘zbekiston ushu terma jamoasi Osiyo kubogida munosib ishtirok etdi
Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada sportchilarimiz bir oltin va bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
2025 yil 2–7 iyul kunlari Xitoyning Sungyuan shahrida 2-Ushu Sanda Osiyo kubogi hamda 1-Ushu Taolu Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ushu federatsiyasi terma jamoasi munosib ishtirok etdi va quyidagi natijalarga erishdi:
Dariya Latoshova — Taolu yo‘nalishida 1-o‘rin
Jamshid G‘uliboyev — Sanda yo‘nalishida 3-o‘rin
Sportchilarimiz ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi va ushu yo‘nalishida xalqaro tajribaga ega bo‘lishdi.
Bakradze Iman
Redaktor