O‘zbekiston U-19 gandbol terma jamoasi diskvalifikatsiya qilindi
Yarim finalga Xitoy Taypeyi yo‘l oldi, federatsiya hozircha izoh bermadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan qizlar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionatida kutilmagan voqea yuz berdi. Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunlab, yarim finalga chiqgani va shu bilan birga Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Biroq, 26 avgust kuni tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoamiz musobaqadan diskvalifikatsiya qilingan. Shu sababli, yarim final yo‘llanmasi Xitoy Taypeyi jamoasiga o‘tdi.
O‘zbekiston gandbol federatsiyasi matbuot xizmati hozircha bu vaziyat yuzasidan izoh bermadi. Vikipediyada e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra esa, milliy jamoamiz ishtirok etgan barcha uchrashuv natijalari bekor qilingan.
Bakradze Iman
Redaktor