O‘zbekiston terma jamoasi yulduzi muxlislarni hayratda qoldirdi
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Turkiyada ta’tilda dam olmoqda va Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibasi, mashhur o‘zbek dzyudochisi Diyora Keldiyorova uzoq kutilgan ta’tilga yo‘l oldi. U Turkiyada hordiq chiqarib, iliq dengiz, quyosh va yaqinlari bag‘rida vaqt o‘tkazmoqda.
Yaqinda Diyora muxlislarini kutilmagan yangilik bilan quvontirdi — u Instagram’da joylashtirgan videoda homiladorligini e’lon qildi. Shaxsiy hayotidagi bu muhim bosqichga qaramay, sportchi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
O‘sha postdayoq Keldiyorova tatamiga qaytish va 2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish niyatini bildirgan.
“LA2028da ko‘rishguncha”, – deb yozdi Olimpiada chempioni.