locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketdi

Terma jamoaga tajribali murabbiylar — Nurillo Togayev va Azamat Ramazonov rahbarlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston  terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketdi
photo: Og'ir atletika

O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketdi.

Xabar berib o‘tganimizdek, 2–8-may kunlari Ismoiliya shahrida Yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 250 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilayotgan mazkur nufuzli musobaqada 48 ta oltin medal uchun bahs olib boriladi.

Terma jamoa tarkibi:

-63 kg — Ziyoda Xudoyqulova
-86 kg — Madina Fayzullayeva
-79 kg — Xikmatillo Xaydarov
-79 kg — Boburmizo Yoqubov
-94 kg — Bekzod G‘ofirjonov
+110 kg — Omadillo Olimov

Terma jamoaga tajribali murabbiylar — Nurillo Togayev va Azamat Ramazonov rahbarlik qilmoqda.

Qayd etish joiz, mazkur jahon chempionati yosh iste’dodlar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon etish, xalqaro maydonda tajriba orttirish hamda yurtimiz sport nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting