locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi suzish bo‘yicha Jahon chempionati oldidan Malayziyada yig‘in o‘tkazmoqda

Sakrash bo‘yicha terma jamoa 21–24 iyul kunlari Kuala-Lumpurda xalqaro yig‘inda ishtirok etyapti
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

21 iyuldan 24 iyulgacha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suzishning sakrash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Yig‘in 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan suv sporti turlari bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi sifatida tashkil etilgan. Unda ikki nafar sportchi va ikki nafar murabbiy jalb qilingan.

Yig‘in yakunlanganidan so‘ng terma jamoa Singapurga yo‘l oladi va u yerda Jahon chempionati doirasidagi sakrash bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting