locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi Sanya–2026 VI Osiyo sohil o‘yinlarida ishtirok etadi

Xitoy Xalq Respublikasining Sanya shahrida VI Osiyo sohil o‘yinlari — Sanya–2026 musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston terma jamoasi Sanya–2026 VI Osiyo sohil o‘yinlarida ishtirok etadi
photo: Voleybol Uzbekistan

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Sanya shahrida VI Osiyo sohil o‘yinlari — Sanya–2026 musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli kompleks musobaqa 30-aprelga qadar davom etib, unda Osiyo qit’asining 40 ta davlatidan tashrif buyurgan sportchilar sohil sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi ham munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, yurtimiz sharafini sohil voleyboli yo‘nalishida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoya qiladi.

Sohil voleyboli bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish va munosib natijalarni qayd etish maqsadida bahslarda ishtirok etishadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting