locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi
Rasm: olamsport.uz

9-15 may kunlari Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’aning 28 mamlakatidan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda qatnashadi.

Yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Erkaklar:
Husn Matrasulov (-67 kg)
Abdulaziz Alimjonov (-73 kg)
Hayitboy Abdushukurov (-81 kg)
Sharofiddin Amriddinov (-109 kg)
Akbar Jo‘rayev (-109 kg)
Amir Abdullayev (+109 kg)

Ayollar:
Nigora Abdullayeva (-59 kg)
Madina Fayzullayeva (-81 kg)
Rigina Adashboeva (-81 kg)
Nigora Suvonova (-87 kg)
Tursunoy Jabborova (-87 kg)

Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqa eski vazn toifalari bo‘yicha o‘tkaziladigan so‘nggi Osiyo chempionati bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting