locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Doha shahriga yo‘l oldi

“10th Qatar Weightlifting Cup” musobaqasi 19–27-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Doha shahriga yo‘l oldi
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

Xabar berganimizdek, joriy yil taqvimidagi so‘nggi xalqaro start aynan “Qatar Cup” turniri hisoblanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham sovrinli o‘rinlar uchun bahslarda qatnashadi. Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa bu yil 10-marotaba tashkil etilmoqda.

Turnirda ishtirok etish uchun terma jamoamiz a’zolari bugun tunda Qatar poytaxti — Doha shahriga jo‘nab ketishdi.

Quyida terma jamoa tarkibini yana bir bor keltiramiz:

Ayollar:
Munisa Odilova — 48 kg
Nigora Abdullayeva — 58 kg
Ziyoda Xudoyqulova — 63 kg
Mashhura Rustamova — 77 kg
Nigora Suvonova — 88 kg

Erkaklar:
Adhamjon Ergashev — 65 kg
Abdulaziz Alimjonov — 79 kg
Muhammadqodir Toshtemirov — 94 kg
Amir Abdullayev — +110 kg

Murabbiylar:
Mahmud Togoyev
Jurabek Zairov

Terma jamoa shifokori:
Obiddin Muslimov

Delegatsiya rahbari: Rustam Rasulov
Delegatsiya a’zosi: Odilbek Haitov

Eslatib o‘tamiz, “10th Qatar Weightlifting Cup” musobaqasi 19–27-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting