O‘zbekiston taekvondochilari Butunjahon Universiadasida ishtirok etadi
16–27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur viloyati 32-yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Musobaqa doirasida taekvondo WT yo‘nalishidagi bellashuvlar 17–23 iyul kunlari Essen shahridagi “Messe Essen” sport majmuasida o‘tkaziladi.
Ushbu nufuzli sport bayramida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 12 nafar talaba-sportchisi ishtirok etadi. Jamoaga Aleksandr Kim va Akobir Farmonov murabbiylik qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar:
• Shamsiddin Qurbanov (–58 kg)
• Shohjahon Ahmedov (–63 kg)
• Umidjon Turobov (–68 kg)
• Najmiddin Qosimxo‘jiev (–74 kg)
• Shohjahon Karimboev (–87 kg)
• Marat Mavlonov (+87 kg)
Ayollar:
• Zuhra Tojimatova (–46 kg)
• Dilnoza Tangirova (–49 kg)
• Laylo Zayniddinova (–53 kg)
• Madina Mirabzalova (–57 kg)
• Diyora Azizova (–62 kg)
• Iroda Mirtojieva (+73 kg)