O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Namangan viloyati bo’limi taekvondochilari xalqaro turnirda sovrindor bo'lishdi
Vakillarimiz endilikda 25-28-iyul kunlari tashkil etiladigan "Kim Un Yong Cup" xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Namangan viloyati bo’limi taekvondochilari xalqaro turnirda sovrindor bo'lishdi.
Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro Open turnirida O‘zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida ishtirok etayotgan Namangan viloyati taekvondochilari Gulyora Oripjonova, Esmira Muradova, Mardona Xusnidinova, Asadbek Aminov turnirda bronza medallariga ega chiqishdi.
Bundan tashqari, kadetlar toifasidagi bahslarda dayangga chiqqan Bekzod Yo'ldoshev ham uchinchi natijani qayd etib, hisobimizga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi.
Vakillarimiz endilikda 25-28-iyul kunlari tashkil etiladigan "Kim Un Yong Cup" xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor