Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasining milliy terma jamoalarga tayyorgarlik va joriy vazifalari muhokamasi
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston terma jamoalarini boʻlajak musobaqalarga tayyorlash muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: suv sporti
Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasining milliy terma jamoalarga tayyorgarlik va joriy vazifalari muhokamasi
Olimpiya shahar suv sporti saroyida Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasi bosh kotibi Ruslan Mustayev raisligida suv sporti federatsiyasi bosh murabbiylari, tibbiyot xodimlari va mutaxassislari ishtirokida ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston terma jamoalarini boʻlajak musobaqalarga tayyorlash, mashgʻulot sharoitlarini yaxshilash, tibbiyot xodimlarining tuzilishi va funksiyalari hamda Federatsiya faoliyatining bir qator tashkiliy jihatlari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor