locale OZ

O‘zbekiston slalomchilari Osiyo chempionatiga puxta hozirlik ko‘rmoqda

Milliy terma jamoa xalqaro yig‘inlarda ishtirok etyapti
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

O‘zbekiston milliy grebnoy slalom terma jamoasi hozirda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad — 14–17 avgust kunlari Gujjou provinsiyasi, Sian shahridagi suv sportlari saroyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

Musobaqada sportchilarimiz quyidagi yo‘nalishlarda medallar uchun kurash olib boradilar:
• S1 — kanoe;
• K1 — baydarka;
• S1 — kanoe jamoaviy poygasi;
• K1 — baydarka jamoaviy poygasi;
• kayak-kross.

Terma jamoa tarkibi:
S1: Anvar Klevleev, Abubakir Bukanov, Sherzod Qurbonaliev.
K1: Pavel Eigel, Janibek Temirgaliyev, Samandar Saydullaev.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting