locale OZ

O'zbekiston shpaga bo'yicha milliy terma jamoasi Polshada xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashmoqda

Mashg'ulotlarda Estoniya, Chexiya, Polsha, Latviya, Qozog'iston va Ukrainadan 90 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston shpaga bo'yicha milliy terma jamoasi Polshada xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashmoqda
photo: qilichbozlik Uzbekistan

O'zbekiston shpaga bo'yicha milliy terma jamoasi bo'lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Polshada xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashmoqda.

Mashg'ulotlarda Estoniya, Chexiya, Polsha, Latviya, Qozog'iston va Ukrainadan 90 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Ushbu oromgohlar sportchilarga tajriba almashish, mahoratini oshirish va Yevropaning eng yaxshi qilichbozlik bo'yicha mutaxassislari bilan sparting qilish imkoniyatini beradi.

O'zbekiston terma jamoasi tarkibida:

(Erkaklar)

— Meyirxon Timurov, Javohir Nurmatov va Vadim Anoxin


(Ayollar)

— Sanam Nazarova, Shahzoda Egamberdieva va Sevara Rahimova

Mashg'ulotlar murabbiylar Ruslan Kudayev va Anjelo Mazzoni rahbarligida olib borilmoqda.

O'quv-mashg'ulot yig'ini xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi:

— 20-25 may kunlari Shveytsariyaning Bern shahrida bo'lib o'tadigan erkaklar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichi;

— 20-25 may kunlari Fransiyaning Sen-Maur shahrida bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichi, unda O'zbekiston terma jamoasi vakili Malika Xakimova ham ishtirok etadi.

Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda omad, ishonchli chiqishlar, ajoyib g'alabalar va munosib natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting