O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi va Moskva viloyati sambo federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Tadbir yakunida esa esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: SAMBO ASSOCIATION OF UZBEKISTAN
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi bosh kotibi Roman Shakirov shu kunlarda xalqaro musobaqa munosabati bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.
Musobaqa doirasida Moskva viloyati sambo federatsiyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi va Moskva viloyati sambo federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Assotsiatsiyamiz nomidan bosh kotib Roman Shakirov, Moskva viloyati sambo federatsiyasi tomonidan ijrochi direktor Aleksandr Gavrilenko memorandumni imzoladilar.
Tadbir yakunida esa esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist