locale OZ

O‘zbekiston paralimpiya shaxmat terma jamoasi IBSA jahon chempionatida qatnashadi

Jeshuvda oʻtayotgan musobaqada hamyurtlarimiz klassik va rapid yoʻnalishlarida gʻalaba uchun kurashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston paralimpiya shaxmat terma jamoasi IBSA jahon chempionatida qatnashadi
Rasm: Telegram

Polshaning Jeshuv shahri mezbonlik qilayotgan ushbu nufuzli chempionatda dunyoning turli davlatlaridan kelgan ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif shaxmatchilar ishtirok etishadi. Musobaqa Xalqaro ko‘zi ojizlar sport assotsiatsiyasi (IBSA) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda qatnashuvchilar individual tarzda ham, jamoaviy yo‘nalishda ham o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.

Hamyurtlarimiz klassik va rapid dasturlarida taxtalar ortiga o‘tirib, medallar uchun bahs olib borishadi. Ushbu bellashuvlar nafaqat sportchilarimiz uchun, balki O‘zbekiston paralimpiya shaxmat maktabi uchun ham katta sinov va tajriba vazifasini bajaradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting