locale OZ

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Gruziyadagi turniriga joʻnab ketdi

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Gruziyadagi turniriga joʻnab ketdi
PHOTO: Telegram

12-13-aprel kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida kadetlar oʻrtasida Yevropa Ochiq chempionati oʻtkaziladi.

Tbilisi Millennium Team Cadet European Cup 2025 turnirida 3 qitʼaning 15 davlatidan jami 357 (225 oʻsmir, 132 qiz) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi. Ular orasida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.

Biroz avval ruminiyalik mutaxassis Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi delegatsiyamiz Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.

Gruziyaga yoʻl olgan tarkib:

Oʻsmirlar

-50 kg: Sardor Yodgorov
-55 kg: Hushnudbek Burxonov
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Saʼdulla Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+90 kg: Alibek Durdiyev
+90 kg: Kamol Xursanov

Qizlar

-40 kg: Alina Kolyucheva
-44 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Nargiza Doʻstmamatova
-52 kg: Zuhra Alimova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbayeva
+70 kg: Umida Nigʻmatova
+70 kg: Zarina Bobonazarova

Murabbiylar shtabi — Aurelian-Chiprian Flis, Gelaniy Ozdayev, Muhammad Yusuf Haydarov, Oʻlmas Gulliyev

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting