locale OZ

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi finalgacha muvaffaqiyatli yetib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk medalini qo‘lga kiritdi
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.

Karate bo‘yicha -55 kg vazn toifasida bahs olib borgan Humoyunmirzo Halimov musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

O‘zbekistonlik sportchi finalgacha muvaffaqiyatli yetib bordi. Oltin medal uchun bahsda u Qozog‘iston vakiliga qarshi tatamiga chiqib, 1:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Humoyunmirzo Halimovning kumush medali O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur Osiyo o‘yinlaridagi birinchi sovriniga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting