O‘zbekiston Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov sinxron 3 metrga tramplindan sakrashda 319,17 ball to‘pladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Bugun Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida suvga sakrash bo‘yicha musobaqalar boshlandi. Birinchi kuni o‘zbekistonlik Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov sinxron 3 metrga tramplindan sakrashda 319,17 ball to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sports24.uz sayti sportchilarni ushbu ajoyib muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Ibrohim Jalolov
Redaktor