locale OZ

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Osiyo chempionatida 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Ko‘paysinova va Abdushukurov jamoamizga eng ko‘p medal olib kelgan sportchilar bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari musobaqaning ushbu bosqichida jami 9 ta medal — 4 ta kumush va 5 ta bronzani qo‘lga kiritishdi.

Kumush medallar:
-63 kg: Sarvinoz Ko‘paysinova — dast ko‘tarish (o‘smirlar)
-63 kg: Sarvinoz Ko‘paysinova — siltab ko‘tarish (o‘smirlar)
-63 kg: Sarvinoz Ko‘paysinova — ikki kurash natijasi (o‘smirlar)
-79 kg: Hayitboy Abdushukurov — dast ko‘tarish (yoshlar)

Bronza medallar:
-79 kg: Sunnatbek Yusubboev — dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash (o‘smirlar)
-79 kg: Hayitboy Abdushukurov — siltab ko‘tarish va ikki kurash (yoshlar)

Musobaqa davom etmoqda va sportchilarimizdan yana yangi yutuqlar kutilyapti.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting